"Lester" "Nyukasl"dan 50 million funt talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
"Nyukasl" "Lester" futbolchisi Xarvi Barnsga qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, "tulkilar" faqatgina 50 million funtlik taklif bo'lganidagina 24 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor bo'ladi. Ammo "Nyukasl" so'ralayotgan pulning yarmini to'lashga tayyor turibdi.

O'tgan mavsumda Barns barcha turnirlarda 47 o'yinda qatnashib, 11 gol va 14 assist qayd etdi. "Transfermarkt" portali futbolchini 28,8 million funtga baholagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun