"Lester" "Liverpul" futbolchisi uchun kurashda yetakchi

Alisher
3 mar 2020, 13:03
"Liverpul" xavbeki Adam Lallana jamoadan ketadi.

31 yoshli ingliz futbolchisi "qizillar" bilan yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi, shu sabab u yangi jamoa topish harakatiga tushgan.

Xabar berilishicha, Lallanaga bosh da'vogar "Lester" klubi bo'lib turibdi, o'yinchi ham "tulkilar" ustozi Brendan Rojers bilan yana ishlashga qarshi emas.

Lallana joriy mavsum APLda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph