“Lester” yetakchisi bilan shartnomani uzaytiradi

10 apr 2020, 09:15
Jeyms klubda qoladi.

“Lester” jamoa yetakchisi Jeyms Meddison bilan kelishuvni uzaytirishga yaqin turibdi. “Tulkilar” 23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha deyarli kelishuvga erishgan. Futbolchinig o'zi ham “Manchester Yunayted”dan jiddiy qiziqish borligiga qaramay “Lester” safida qolishni xohlamoqda.

Joriy mavsum Meddison APL doirasida 28 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News