"Lester" Chiluellning o'rniga MYUdan nomzod topdi

15 yanv 2020, 23:02
"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, Angliyaning "Lester" klubi himoyachisi Ben Chiluell jamoani tark etishga yaqin.

Ben uchun Londonning "Chelsi" klubi asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Londonliklar yozda himoyachi uchun 60 million funt sterling taklif qilishgandi. 

"Tulkilar" uning o'rniga surunkali jarohatlar seriyasi bois "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida muqim o'rnasha olmayotgan Lyuk Shou variantini ko'rib chiqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror