"Lester" Chempionlar ligasining birinchi uchta o'yinida quruq g'alabaga erishgan ikkinchi jamoaga aylandi

Aslanov Jasurbek
19 okt 2016, 13:45
"Lester Siti" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o'yinida "Kopengagen"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Endi "Lester" hisobida 9 ochko bor va to'plar nisbati 5-0. Bungacha "tulkilar" "Bryugge" va "Portu"ni mag'lub etgan edi.

"Lester" Chempionlar ligasining birinchi uchta uchrashuvida quruq g'alabaga erishgan ikkinchi jamoaga aylandi. Bunday muvaffaqiyat faqat "Malaga"ga nasib etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru