"L’Equipe" Fransiya chempionati ramziy termasini taqdim qildi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 15:15
"L’Equipe" o'z saytida yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Shuningdek, unda yil ramziy terma jamoasi ham tuzib chiqildi. Qayd etish kerak, ushbu ramziy termadan PSJning 7 nafar futbolchisi o'rin oldi.

Mandanda ("Marsel") – Bernat (PSJ), Markinos (PSJ), Tyago Silva (PSJ), Dyubua ("Lion") – Kamavinga ("Renn"), Verratti (PSJ) – di Mariya (PSJ), Neymar (PSJ), Mbappe (PSJ), Ben-Yedder ("Monako").

Eslatib o'tamiz, Fransiyada koronavirus sababli barcha futbol turnirlari tugatib qo'yildi. Liga 1da esa PSJ chempion sifatida tan olindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe