Leonardu Jardim: Falkao va Aguero ajoyib hujumchilar

Narzulla Saydullayev
22 fev 2017, 08:45
Monako ustozi Leonardu Jardim Manchester Sitiga qarshi o'yindan so'ng (3:5) o'z fikrlarini bildirdi.

Bu bahs YCHL doirasidagi eng g'aroyib o'yinlardan biri bo'ldi. Muxlislar ajoyib hujumlar va 8ta goldan zavq olishgani aniq. Monako zo'r o'ynadi va men shogirdlarimni tabrikladim. Himoyada xatolarga yo'l qo'ydik, penaltidan gol ura olmadik.

Mbappe ajoyib o'yin o'tkazdi deb hisoblayman. 18 yoshli futbolchi YCHLda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q.

Falkao – g'aroyib hujumchi, Angliyada u qadar yaxshi o'ynay olmagan bo'lsa ham hozir ajoyib formada. Shu bilan birga Aguero – jahon darajasidagi hujumchi. Oldinda yana 90 daqiqalik o'yin bor, – deydi Jardim.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com