Leonardo: "Italiyada hozirda Balotellidan kuchliroq futbolchi yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
28 iyun 2014, 18:11
"Milan" jamoasining sobiq bosh murabbiyi braziliyalik Leonardo Italiya terma jamoasi hujumchisi Mario Balotelli haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Balotelli Italiyada tug'ilib o'sgan. Lekin, uni hamma ham italiyalik hisoblayvermaydi. Braziliyada unga o'xshashlar ko'p bo'lganligi uchun bunday rangdagi insonlarni yaxshiroq qabul qilishadi.

Balotelli hozircha chempion emas. Lekin, u yaxshi o'yinchi. Italiyada hozirda Balotellidan kuchliroq futbolchi yo'q", - deydi Leonardo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru