Leonardo: "Bunday bo'lishini kutmagandik"

Mirjalol Normatov
20 dek 2021
PSJ sport direktori Leonardo jamoa himoyachisi Serxio Ramosning jarohati borasid gapirdi.

"Ramossiz 4-5 oy o'ynashimizni kutmagandik. Albatta, klub uning o'tgan mavsum olgan jarohatlari borasida ma'lumotlarga ega edi. Shuningdek, unga buning uchun vaqt kerakligini ham bilardik. Bu ishlar biz uchun ham syurpriz bo'lmoqda", - dedi Leonardo.

35 yoshli Ramos 28 noyabr kuni PSJda debyut qildi. U jamoa tarkibida 2 o'yinda qatnashdi. Yozda u klub bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal