Leno jamoasini o'zgartirishga yaqin

Mirjalol Normatov
26 iyul 2022
"Arsenal" posboni Bernd Leno "Fulxem"ga o'tishga yaqin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, klublar posbonning transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin. Darvozabonning transferi uchun "Fulxem" 8 million funt to'laydi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik posboni "Arsenal"ga 2018 yili "Bayer"dan 20 million funt evaziga transfer qilingandi. Shu davr mobaynida u jamoasi tarkibida 101 o'yinda qatnashib, 25 bahsda darvozasini quruq saqlab qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph