Mauntga APLning ikki klubi davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
28 fev 2026
"Manchester Yunayted" hujumkor yarim himoyachisi Meyson Mauntga "Aston Villa" va "Fulxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Maunt sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda va hozircha Maykl Kerrik qo'l ostida o'zini ko'rsata olmadi. Bu uning kyetishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo'ldi. Ammo, MYU Chempionlar ligasiga chiqsa, futbolchini saqlab qolishi mumkin.

Maunt "Chelsi"dan keyin 2023 yildan beri "Manchester Yunayted"da o'ynab kelmoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider