Lempard Azarning ketishi haqida: "Chelsi" APLning eng yaxshi futbolchisini yo'qotdi"

Alisher
17 okt 2020, 12:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachi Eden Azarning "Real"ga o'tib ketgani jiddiy yo'qotish bo'lganini aytdi.

"Biz APLning eng yaxshi futbolchisini yo'qotdik deb hisoblayman. Shundan so'ng "Chelsi" transferlar ustida ishlay olmadi, shu sabab jamoaning maydondagi harakati cheklandi.

Top-6'ga kirishni istagan klublar jiddiy tarzda pullarni sarflashmoqda. Hozir "Chelsi" ham o'tkazib yuborilgan oynalardan so'ng yaxshi kollektivni yaratmoqchi", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Azar 2019 yilning yozida 13 karra CHL g'olibi "Real" klubi safiga 115 million evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal