

Mazkur bahsda hamyurtimiz, terma jamoamiz a'zosi Ikrom Aliboev to'p tepadigan "Seul" jamoasi safarda o'ynashiga qaramasdan "Incheon Yunayted" darvozasiga javobsiz ikkita to'p yo'lladi va muhim g'alabani tantana qildi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Ikrom Aliboev bahsni to'liq o'tkazdi.
Janubiy Koreya chempionati. Turnir jadvali
Shu tariqa "Seul" chempionatdagi 12-g'alabasini tantana qilib, o'z ochkolari sonini 42taga etkazdi va turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
Qayd etish kerakki, joriy mavsumdan boshlab "Seul" sharafini himoya qilayotgan Aliboev hozircha 19 o'yinda maydonga tushdi va jamoasining 3ta goliga muallif qildi. Shuningdek, Aliboev "Seul"ning joriy mavsumdagi ko'plab gollariga hammualliflik va samaralari harakat qilishga muvaffaq bo'ldi.



