Leganes o'z tarixida ilk bor Ispaniya primerosiga chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016
Ispaniya segundasi 42-turida Leganes klubi Mirandesni mag'lub etdi (1:0) va primeroga chiqdi.

Mavsum yakuniga ko'ra Madrid klubi Alavesdan keyingi ikkinchi o'rinni olib oliy divizionga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oldi.

1928 yilda tashkil topgan Leganes o'z tarixida ilk bor Ispaniya primerosida o'ynaydi.

Uchinchi yo'llanma uchun pley-offda Ximnastik, Jirona, Kordoba va Osasuna klublari kurash olib borishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia