Segunda jamoasiga mag'lub bo'lgan Arbeloa nimalar dedi?

Khoja
15 yanv 2026
Ispaniya kubogining nimchorak finalidagi mag'lubiyatdan so'ng "Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa fikr bildirdi.

"Bu klubda hatto durang ham yomon natija sifatida qabul qilinadi, deyarli fojiaga teng, mag'lubiyat esa bundan ham battar, ayniqsa boshqa ligadagi jamoasidan yutqazish. Agar aybdor izlasak, birinchi navbatda o'zimni ayblashim kerak: men tarkibni tanladim, o'yin uslubini belgiladim va o'zgarishlarni amalga oshirdim. Faqat o'yinchilarga rahmat aytishim va ularga jismoniy hamda psixologik jihatdan tiklanishda yordam berishim mumkin. Men tarkib tanlovimga ishongan edim. Menda istedodli futbolchilar bor, ammo ularga men talab qilayotgan narsalarni darhol bajarish qiyin. Oxir-oqibat mas'uliyat mening zimmamda qoladi", - deb fikr bildirdi murabbiy.


KhojaMuallif
Manba: Marca