

"Shu erda qolishni va ushbu klub tarixiga kirishni xohlayman", - deydi Leau.
Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar. Yangi bitim 2026 yilga qadar tuziladi va unga ko'ra Leau 4,5 mln evro+bonuslar ko'rinishida maosh oladi.
22 yoshli portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Leau joriy mavsum "Milan" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.



