

Le Parisien nashrining tasdiqlashicha, 23 yoshli futbolchi "Barselona" bilan shartnoma tuzishga kelishib oldi. Rabo qishning o'zidayoq YCHL musobaqasida ishtirok etishi uchun Kataloniya bosh jamoasiga o'tish istagini bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, PSJ fransiyalik yarim himoyachisini 40 million evro evaziga sotishga tayyor. Chunki, Adrien Raboning o'zi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamagan.



