Laziz Mirzaev: "Qiyin yo'lni birgalikda bosib o'tishga ishonaman"

Iskandarov Abdulaziz
23 sen 2024, 06:44
Osiyo va Jahon chempionatlarida o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lgan "Lokomotiv" futbolchisi Laziz Mirzaev bilan o'yin oldi suhbatlashdik.

- Birinchi navbatda yangi terma jamoaga kelib qo'shilganimdan hursandman. Shu kungacha o'smirlar terma jamoasida faoliyat yuritdik, endi o'zimizdan kattalar safida terma jamoamiz safidan ko'plab do'stlarim bilan joy oldik. Osiyoda oson jamoani o'zi qolmadi. Hamma terma jamoa Osiyo chempionatini ko'zlaydi, bu bizni ikki karra sergak tortiradi", - deydi JCH ishtirokchisi Laziz Mirzaev.

- O'smirlar terma jamoasining natijasini takrorlay olishga ishonasizmi?

- Bu masuliyatli ish. Terma jamoada o'ynash sharaf, buni hammamiz birdek anglab turibmiz. Avvalo saralash o'yinidan yaxshi o'tib olishimiz kerak. Muhimi hamma futbolchilar musobaqaga tayyor. Raqiblarni ham murabbiylar shtabi yaxshi o'rganganlar. Oldimizda juda uzoq yo'l turibdi. Qiyinchiliklar bo'lishi aniq, lekin biz bu marrani birgalikda bosib o'ta olamiz deb o'ylayman.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia