Lazarevich matbuotdan norozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
23 may 2022
Superliganing 10-turida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Avvalo O'zPFLdan va boshqa nashrlardan, nima degan bo'lsam, aynan shuni yozishingizni iltimos qilgan bo'lardim. Istasam, savollarga javob bermasligim mumkin. Faqatgina nimani aytgan bo'lsam, shuni yozinglar. Intervyularimni o'qisam, aytmagan gaplarimni ko'ryapman.

- Erkin Boydullaev va Bobur Yo'ldoshevning jarohati haqida gapirsangiz.

- Bobur Yo'ldoshev "Nasaf"ga qarshi o'yinda u noqulay bo'lib, jarohat oldi. Shifokorlar bilan gaplashyapmiz, uni "Paxtakor"ga qarshi o'yingacha safga qaytarishga harakat qilyapmiz. Boydullaevga keladigan bo'lsak, u so'nggi jarohatini qaytalab oldi. Uni keyingi o'yinga qo'yib, xavf ostiga tashlamoqchi emasmiz.

- Jamoa qizil kartochkadan keyin ko'plab vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana olmadi. Bunga sabab nima?

- Shu o'rinda yana bir bor aytmoqchiman. O'yinimiz borasidagi savollarda gaplarni yozishda doimo yo'q gaplarning yozilganini ko'ryapman. Ha, yutqazsak ham vaziyatlar yaratyapmiz. Biroq ulardan foydalana olmayapmiz. Asosiysi - doimo bizda imkoniyat bo'lyapti, ulardan foydalanish borasida ko'proq ishlashimiz kerak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia