

“Messini maydondagi raqiblikda ko'ra, Argentina terma jamoasidagi sherigim sifatida ko'proq bilaman. Oldin ham aytganman, yana qaytaraman. Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Uning argentinalik ekanligi esa doim bizni u bilan faxrlanishga majbur etadi. Undan har doim nimanidir o'rganishga harakat qilamiz. Uni boshqa darajadagi futbolchi deb hisoblayman. U futbolni boshqacha tushunadi, Messi boshqalardan har doim bir qadam oldinda”, - deydi Lautaro Martines.



