Lautaro "Inter"dan ketmoqchi, u Mendeshga murojaat qildi (Marca)

30 noya 2020, 01:40
Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martines jamoani tark etmoqchi, deb xabar tarqatdi "Marca".

Takidlanishicha, argentinalik futbolchi portugaliyalik agent Jorje Mendeshga murojaat qilib, pandemiya davrida o'zi uchun yangi jamoa topishini iltimos qilgan.

Inqirozli vaziyatlarda foydali bitim tuza oladigan Mendesh Lautaroning faqat "Inter"dan ketishini taminlaydi. Hujumchi keyinchalik hozirgi agentlari Beto Yakoy va Rolando Sarate bilan hamkorlikni davom ettiradi. 

23 yoshli Martines "naradzurrilar"ni tark etib, o'z oldiga g'alabalarni qo'yadigan jamoalardan biriga o'tmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca