Lautaro "Inter"da ketma-ket 624 daqiqadan beri gol ura olmayapti - bu uning klubdagi eng yomon seriyasi

Alisher
2 mar 2022, 16:04
Lautaro Martines "Inter"da golsiz seriya bo'yicha antirekordini o'rnatdi.

"Neradzurrilar" hujumchisi ketma-ket 624 daqiqadan beri gol ura olmaydi - bunday seriya uning Milan klubidagi faoliyatida hali bo'lmagandi.

24 yoshli forvard 2022 yilda klub safidagi yagona golini "Yuventus" (2:1)ga qarshi Italiya Kubogi doirasida 12 yanvarda urgandi.

Kecha u "Milan" (0:0)ga qarshi Italiya Kubogi doirasidagi o'yinda 65 daqiqa o'ynadi. Bu o'yin uning "Inter" tarkibidagi ketma-ket 10-golsiz o'yini bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports