Latviya futbolchisida Germaniya bilan o'yindan oldin koronavirus aniqlandi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 19:50
Futbolchining ismi oshkor qilinmagan va u allaqachon izolaciyaga olingan.

Latviya futbol federatsiyasi matbuot xizmati Germaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan terma jamoa futbolchisida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

Latviya - Germaniya uchrashuvi bugun, 7 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo'lib o'tishi kerak edi. Ayni paytda ikki mamlakat tomonlari uchrashuvni o'tkazish yoki o'tkazmaslik to'g'risida mulohaza qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс