"Nasaf" nazorat o'yinida "Liepaya"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
7 fev 2025
"Nasaf" Antaliyadagi yig'in doirasida bugun Latviyaning “Liepaya” jamoasi bilan nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv jamoamiz nazorati ostida kechdi. Hisob birinchi bo'lim so'nggida vakillarimiz tomonidan ochildi. Sherzod Nasrullaevning chap qanotdan oshirgan uzatmasini Sharof Muhitdinov gol bilan yakunladi - 1:0.

Ikkinchi bo'limning 48-daqiqasida Akmal Mozgovoy Azizjon Ahrorov boshlagan hujumni gol bilan yakunladi - 2:0.

“Ajdarlar” Turkiyadagi yig'in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini ham g'alaba bilan yakunlashdi.

Turkiya. Antaliya

07.02.2025 | 19:00

“Nasaf” 2:0“Liepaya”

Gollar: SH. Muhitdinov (45), A. Mozgovoy (48).

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne'matov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Murodbek Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov, 19. Stefan Cholovich, 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiev, 34. Sherzod Nasrullaev, 79. Azizjon Ahrorov, 99. Rubin Hebay

Zaxiradan maydonga tushganlar: Adhamjon Musulmonov, Diyorbek Asomiddinov, Oybek Bozorov, Davronbek Usmonov, Dilshod Murtazaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати