Laporta: "Real"ga qarshi natija qanday bo'lishidan qati nazar, Kuman "Barsa"da qoladi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2021, 19:07
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning "Real"ga qarshi La Liganing 10-turidagi o'yin natijasidan qati nazar, o'z lavozimini saqlab qolishini aytdi.

- Yakshanba kuni nima bo'lishidan qati nazar, murabbiyga ishonishda davom etasizmi?

"Ha, albatta, Kuman klasikodan keyin ham ishlashda davom etadi", - dedi Laporta.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 24 oktyabr, yakshanba kuni "Real"ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport