Laporta Messi va Inestaning qaytishi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 21:57
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Dani Alvesning qaytish taqdimotida Lionel Messi va Andres Inesta ham bir kun kelib jamoa qaytishi mumkinligini aytdi.

"Hech narsani istisno qilmayman. Bu Dani bilan sodir bo'ldi, uning o'zi hozirgi yoshini shunchaki raqam deb aytdi.

Leo va Andres ikki iqtidorli futbolchi. Ertaga nima bo'lishini bashorat qila olmayman, ikkalasi ham o'ynashda davom etmoqda.

Biz ularni doimo kuzatib boramiz, ammo ayni damda ular boshqa klublar bilan shartnomalar imzolagan. Hayotda hech narsani oldindan bashorat qila olmaysiz", – dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport