Laporta: "De Yong - "Barselona" futbolchisi"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Frenki De Yongning kelajagi haqida gapirdi.

"Frenki de Yong - "Barselona" futbolchisi. U bizga kerak. Frenki borasida bir nechta takliflar oldik, biroq bularni qabul qilmadik. Futbolchi bilan gaplashib, u bizdan nimalar istayotganini bilishimiz kerak.

Shuningdek, unga maqsadlar va holatni to'g'ri tushuntira olishimiz lozim", - dedi Laporta.

Oldinroq 25 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted"dan takliflar bo'layotgani aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal