

“Ronaldinyo va Rafa Markes bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgandik. Keyin bizga o'sha vaqt “Sporting”da bo'lgan Krishtianu Ronaldu taklif qilindi. Agentlardan biri ularda MYUga 19 mln evroga sotilayotgan futbolchi borligini aytdi, ammo bizga uni 17 mln evroga sotishi mumkin edi.
Biroq, o'sha payt Ronaldinyoning transferiga sarmoya kiritgan edik. Krishtianu esa markazdan ko'ra, ko'proq qanotda o'ynardi. Bizga qanotlarda barchasi joyidadek tuyuldi, shu tufayli biz rad javob qildik. Bundan afsuslanmayman”, deydi 2003-2010 yillar davomida “Barsa”ga rahbarlik qilgan investor.



