Laport Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2017, 09:50
Atletik himoyachisi Emerik Laport Ispaniyaga qarshi o'yin uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi.

22 yoshli futbolchi Odil Ramining o'rnini egallaydi. Laport hozirga qadar Fransiya terma jamoasi safida bironta o'yinda maydonga tushmagan. Dide Desham boshchiligidagi terma jamoaga Lill himoyachisi Sebastyan Korshya ham qo'shildi.

Fransiya – Ispaniya uchrashuvi 28 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance