"Lans" bosh direktori: "Husanov klubdan ketadi"

Alisher
5 yanv 2025
"Lans" bosh direktori Per Dreossi jamoaning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning shu oyda jamoadan kyetishi kutilayotganini aytdi.

"Husanov ketadi. Hozircha yaxshi takliflar bo'lmadi... Agar u ketadigan bo'lsa va taklif etarli darajada qiziqarli bo'lsa, gap avvalo iqtisodiy balans haqida boradi", - dedi Dreossi.

Eslatib o'tamiz, fransiyaliklar himoyachisiga Yevropaning bir nechta top klublari qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, Fabricio Romano, "Manchester Siti" uning transferi borasida ish olib borayotganini yozgandi.




AlisherMuallif
Manba: x.com/DAZN_FR