

"Bilishimcha, "Manchester Siti" Abduqodir Husanov borasidagi bitimda faol muloqot olib bormoqda.
Muloqotlar o'yinchi tomoni bilan ham, francuz klubi bilan ham boshlangan. Hali qilinishi kerak bo'lgan ko'plab qadamlar bor, sababi unga ko'plab klublar qiziqmoqda.", - deb yozdi Fabricio Romano.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar italiyalik insayder "Manchester Siti"ning o'zbekistonlik o'yinchi uchun kurashga qo'shilgani haqida ma'lumot bergandi.




