"Lans" "Barselona"ga taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2024, 22:47
"Lans" "Barselona" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi himoyachi Mikail Fayeni 8-9 mln. evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish uchun Kataloniya klubiga taklif yuborgan.

Oldinroq kataloniyaliklar 19 yoshli senegallik borasida barcha takliflarni rad etishgan edi.

Faye 2023 yilning yozida "Barselona" safiga qo'shilgandi. U hozircha asosiy jamoa safida maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano