Langerak: "Levandovskiga atayin jarohat etkazganim yo'q"
Aslanov Jasurbek
1 may 2015, 13:14
Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Mitchell Langerak "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskiga jarohat etkazganidan afsusda ekanligini ta'kidladi.
"Biz Robert bilan do'stmiz va bunday vaziyat yuzaga kelganidan afsusdaman. Hammasi jiddiy emas deb o'ylayman va tezroq oyoqqa turishini tilab qolaman. Levandovskiga atayin jarohat etkazganim yo'q" - deydi Langerak.