Lam: "Bavariya"ning maqsadi - Germaniya Kubogi finali"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2017
"Bavariya" himoyachisi va sardori Filipp Lam Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan Germaniya Kubogi yarim final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"Borussiya"da iqtidorli futbolchilar bor, ayniqsa hujumda. "Bavariya"ning asosiy maqsadi - Germaniya Kubogi finali. Berlindagi finalda o'ynash - bu eng katta istagimiz.

Ulrayxning o'yini? So'nggi uchrashuvlarda u juda yaxshi o'ynadi. Jamoa unga ishonadi" - deydi Lam.

"Bavariya" hamda "Borussiya" o'rtasidagi uchrashuv 26 aprel kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com