Lallana rasman “Liverpul” futbolchisi sifatida tanishtirildi

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 16:10
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Adam Lallana rasman “Liverpul” futbolchisiga aylandi.
26 yoshli futbolchi mersasaydliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. “Qizillar”ning yangi futbolchisi 20-raqam ostida o'ynaydi.

“Men o'z faoliyatimning yangi bosqichini boshlashimdan xursandman, ayniqsa “Liverpul” safida. Ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Tez ko'nikib  ketishga umid qilaman. Jamoaga biror-bir yangilik qo'sha olaman degan umiddaman va biz ko'p yutuqlarga erishamiz, chunki men bu klubga faqat yutuqlar uchun kelganman” – deydi Lallana.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com