LaLigada ham ko'proq qo'shimcha daqiqalar qo'shiladi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 21:33
LaLiganing 2023/24 yilgi mavsumida ko'proq qo'shimcha daqiqalar qo'shilishi kutilmoqda.

Bu haqda "Cope" xabar berdi. Urilgan har bir gol uchun bir daqiqadan, almashtirishlar uchun esa 30 soniyadan vaqt qo'shib beriladi. Har bir hakam ushbu qo'shimcha daqiqalarga jiddiy e'tibor berishi kerak bo'ladi.

Shu orqali Ispaniya chempionati o'yinlarida ham JCH-2022dagi kabi o'rtacha 10 daqiqadan vaqt qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cope