LaLiga. "Selta"dan “comeback”​, qahramon esa Yago Aspas

Eldor Akmurzayev
31 mar 2019
LaLiganing 29-turida “Selta” o'z uyida “Vilyarreal”ni qabul qilib irodali g'alabaga erishdi.

Musobaqaning quyi pog'onalarida borayotgan jamoalar o'rtasidagi birinchi bo'limda “sariq suv osti kemasi” futbolchilari ikkita gol urib oldinga o'tib oldi. Biroq. keyingi taymda mezbonlar o'ziga kelib, hisobni 3:2 ko'rinishiga olib kelishdi. Uchrashuv qahramoni esa “Selta” tarkibida dublni rasmiylashtirgan ispaniyalik 31 yoshli hujumchi Yago Aspas bo'ldi. Umuman Aspas joriy chempionatda 19ta o'yinda qatnashib, 12ta gol urgan. 

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin, Fransisko Eskriba shogirdlari 28 ochko bilan 18-o'rinda qoldi. Ulardan bir ochko ko'proq jamg'argan “Vilyarreal” esa 17 pog'onada bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia