LaLiga. "Real" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi

25 fev 2019, 02:48
Ispaniya chempionati 25-turida "Real" jamoasi "Levante" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda hisob Benzema tomonidan ochildi. Fransiyalik futbolchi 43-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Marti 60-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirdi. Aynan Benzema o'rniga tushgan Garet Beyl "Real"ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Madridliklar 48 ochko to'plagan va turnir jadvalida uchinchi o'rinni band etishgan.

Levante – Real Madrid 1:2
Syudad de Valensiya

Gollar: 0:1 – 43, penalti Benzema, 1:1 – 60 Marti, 1:2 – 78, penalti Beyl.
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Rober, Luna, Bardi (Vukchevich, 89), Rochina (Dukure, 60), Morales, Kampanya, Saymon, Marti (Dvamena, 73).
Real Madrid – Kurtua, Regilon, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Kroos (Valverde, 69), Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 83), Benzema (Beyl, 74).
Ogohlantirishlar: Marti (25), Nacho (28), Rochina (57), Vaskes (68), Pedro Lopes (82), Luna (84).
Chetlatishlar: Nacho (86), Rochina (88).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia