LaLiga. Fekir g'alaba golini urib, jamoasiga 3 ochko keltirdi

Eldor Akmurzayev
1 sen 2019, 02:10
Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan Betis hamda Leganes bahsida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

O'yinda hisob mehmonlar tomonidan Martin Breytueytning aniq zarbasi evaziga ochilganiga qaramay, maydon egalari vaziyatni o'nglab Loren hamda Nabil Fekirning gollari tufayli ustunlikni o'z tomoniga og'dirishdi. 


Betis – Leganes 2:1 (0:0, 2:1)

Benito Vilyamarin

Gollar: 0:1 – 50 Breytueyt, 1:1 – 54 Moron, 2:1 – 61 Fekir.

Betis – Robles, Emerson, Sidney (Bartra, 65), Mandi, Pedrasa, Xoakin (Iglesias, 72), Guardado, Kanales (Xavi Garsiya, 84), Vilyam Karvalyu, Fekir, Moron.

Leganes – Kuelyar, Navarro, Omeruo, Siovas, Silva, Mesa (Merino, 79), Ruben Peres, Oskar Rodriges (Ruibal, 79), Bustinsa (Arnais, 74), En-Nesiri, Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Mesa (19), Mandi (49), Silva (68), Kanales (83), Fekir (90), Vilyam Karvalyu (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia