
Uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlar foydasiga (0:1) yakunlandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa "blankoslarning" fransiyalik hujumchisi Karim Benzema dubl qayd etib, jamoasiga muvaffaqiyat olib keldi. Mazkur zafardan so'ng, "Real" 60 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rindagi "Atletiko" bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi.