LaLiga. Benzemaning dubli "Real"ga 3 ochko keltirdi

Eldor Akmurzayev
6 apr 2019, 21:10
Ispaniya chempionatining 31-turida "Real" o'z maydonida "Eybar"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlar foydasiga (0:1) yakunlandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa "blankoslarning" fransiyalik hujumchisi Karim Benzema dubl qayd etib, jamoasiga muvaffaqiyat olib keldi. Mazkur zafardan so'ng, "Real" 60 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rindagi "Atletiko" bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia