"Lacio" "Vulverxempton" hujumchisini xarid qilmoqchi
A Bola xabariga ko'ra, "Vulverxempton" futbolchisi Diogu Jota faoliyatani Italiyada davom ettirishi mumkin.
Unga Rimning "Lacio" klubi davogarlik qilmoqda. Portugaliyalik forvardning o'zi ham transferga qarshi emas, u YCHLda o'ynashni istaydi. Ma'lumot uchun, Jotaning Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.