"Lacio" o'yinchisi Xoakin Korrea yangi klubiga o'tishga yaqin

Alisher
25 avg 2021, 15:18
"Lacio" yarim himoyachisi Xoakin Korrea katta ehtimol bilan faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Milan klubi 27 yoshli Argentina terma jamoasi o'yinchisini 30 mln evro+bonuslar evaziga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin.

Muzokaralar yakuniy bosqichda. "Inter" Korrea uchun kurashda "Everton"dan oldinda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano