"Lacio" – Italiya Superkubogining 5 karra g'olibi

23 dek 2019, 00:34
Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan bahsda turinliklar "Lacio"ga (1:3) mag'lub bo'lishdi.

Yuventus – Lacio 1:3 

22 dekabr, 21.45, King Saud University Stadium

Gollar:

0:1 – 16 Luis Alberto, 1:1 – 45 Dibala, 1:2 – 73 Lulich, 1:3 – 90 Kataldi.

Yuventus – Shchensny, Bonuchchi, Demiral, De Shilo (Kuadrado, 55), Aleks Sandro, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 76), Bentankur, Iguain (Remzi, 66), Ronaldu, Dibala.

Lacio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Laccari, Luis Alberto (Parolo, 66), Leyva (Kataldi, 64), Lulich, Milinkovich-Savich, Korrea, Immobile (Kaysedo, 82).

Ogohlantirishlar:

Matyuidi (9), Leyva (34), Bentankur (48), Luis Alberto (58), Kataldi (90).

Chetlatish:

Bentankur (90).

Shu tariqa Rim klubi mazkur sovrinni beshinchi marta qo'lga kiritdi: 1998, 2000, 2009, 2017, 2019 yillar.

Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" rimliklarga joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor mag'lub bo'lmoqda. Bungacha "Lacio" A Seriya 15-turida ham "Yuventus"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia