La Ligadagi eng qimmat yoshlar jamoasi qaysi?

Alisher
9 may 2020
Transfermarkt La Liga yoshlar jamoalaridagi o'yinchilarning narxlarini e'lon qildi.

"Barselona" yoshlari bu borada yetakchi, tarkibning narxi 34,03 million evroni tashkil etadi.

Ikkinchi o'rinda "Real"ning ikkinchi jamoasi bo'lmish "Kastilya" joy olgan (30,45 million evro), undan keyin esa "Atletiko" (16,73), "Real Sosedad" (7,35) va "Atletik" (6,95)lar joy egallashgan.

So'nggi o'rinda esa "Leganes" yoshlari. Tarkibning narxi 800 ming evroni tashkil etadi.


AlisherMuallif
Manba: AS