La Ligada oy murabbiy bo'lish uchun nomzodlar nomi e'lon qilindi. Flik ular orasida yo'q

Administrator
3 sen 2025, 21:36
Alonso, Valverde va Gonsalesdan biri bu sovringa ega bo'ladi.

La Liga oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi. Avgust oyi yakunlari bo'yicha mukofotga uch nafar mutaxassis da'vogar bo'lmoqda.

Ernesto Valverde ("Atletik") - 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar nisbati +3;

Xabi Alonso ("Real") - 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar nisbati +5;

Manolo Gonsales ("Espanol") - 3 ta o'yin, 2 ta g'alaba, 1 ta durang, to'plar nisbati +2.

Mukofot sohibi muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalari asosida aniqlanadi. Muxlislar 8 sentyabrgacha o'z ovozlarini berishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: laliga.com