La Liga. Zidan kimlarni "Sosedad" bilan o'yin qaydnomasiga kiritdi?

21 iyun 2020, 01:34
Bugun Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 30-turi doirasida San-Sebastyanda "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu o'yin qaydnomasiga 23 kishi, jumladan, jarohatidan forig' bo'lishga ulgurgan Mariano Diasni ham kiritdi. Ayni paytda jarohatini davolayotgan Isko, Nacho Fernandes, Luka Yovich va Lukas Vaskes singari futbolchilar qaydnomadan chetda qoldi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Berbatov: "Beylning "Real"da qolishi g'alati"

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/realmadrid