

Uchrashuvda Zinedin Zidan shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozondi. Mazkur turda "Barselona" ochko yo'qotgani evaziga endi "qaymoqranglilar" musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.
La Liga musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Valyadolid – Real Madrid 0:1
27 yanvar, 01.00, Xose Sorrilya
Gol:
0:1 – 78 Nacho.
Valyadolid – Masip, Antonito, Salisu, Raul Garsiya, Xoakin Fernandes, Alkaras, San-Emeterio (de la Fuente, 81), Michel (Toni Vilya, 58), Olivas, Unal (Plano, 76), Gvardiola.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Nacho, Varan, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Modrich (Valverde, 88), Rodrigo, Benzema.
Ogohlantirishlar:
Xoakin Fernandes (10), Varan (36), Modrich (57), Nacho (76).




