La Liga. “Valensiya” yirik hisobda yutqazdi, “Xetafe” esa “Barsa” bilan oradagi farqni qisqartirdi

Eldor Akmurzayev
8 fev 2020, 22:00
Ispaniya chempionatining 23-turidan o'rin olgan “Xetafe” – “Valensiya” o'yini yakunlandi.

Bellashuvda maydon egalari yirik hisobda (3:0) zafar qozonishdi. Xorxe Molina dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golni Xayme Mata urdi. 

Aytish joizki, “ko'rshapalaklar” 78-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynashdi. Bu vaziyatda Alessandro Florenci raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va bosh hakam unga qizil berib, maydondan chetlatdi. 

Xetafe – Valensiya 3:0 (0:0, 3:0)

Koliseum Alfonso Peres

Gollar: 1:0 – 58 Molina, 2:0 – 67 Molina, 3:0 – 87 Mata.

Xetafe – Soriya, Nom (Kenedi, 61), Echeyta, Olivera, Kukurelya, Arambarri, Maksimovich (Timor, 89), Djene, Suares, Mata, Molina (Anxel Rodriges, 80).

Valensiya – Domenek, Florenci, Gabriel Paulista, Gayya, Diakabi, Parexo, Kondogbia, Ferran Torres, Soler (Li Kan In, 70), Rodrigo (Gedesh, 59), Maksi Gomes (Sobrino, 89).

Ogohlantirishlar: Nom (24), Ferran Torres (63), Gabriel Paulista (64), Suares (64), Maksi Gomes (65), Diakabi (71), Arambarri (75), Echeyta (90).

Chetlatish: Florenci (78).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia