

Mazkur bahsda braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo prezidentligi ostidagi "Valyadolid" o'z maydonida poytaxtning "Leganes" klubi bilan durang o'ynadi. Mehmonlar uchrashuv mobaynila ikki bor oldinga chiqib olishdi, ammo "Valyadolid" har gal hisobni tenglashtirdi. Javob gollari Turkiya terma jamoasi a'zosi Enes Unalning nomiga yozildi.
Ispaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Valyadolid – Leganes 2:2
3 yanvar, 23.00, "Xose Sorrilya"
Gollar:
0:1 – 4 Breytueyt, 1:1 – 8 Unal, 1:2 – 13 Mesa, 2:2 – 79 Unal.
Valyadolid – Masip, Olivas, Moyyano (Michel, 59), Antonito (Ervias, 90), Xoakin Fernandes, Alkaras, Toni Vilya (Sandro Ramires, 58), Salisu, Unal, Gvardiola, Plano.
Leganes – Kuelyar, Silva, Omeruo (Tarin, 84), Rosales (Ruibal, 86), Avazem, Ruben Peres, Oskar Rodriges (Karrilo, 80), Mesa, Rodriges, En-Nesiri, Breytueyt.
Ogohlantirishlar:
Silva (7), Mesa (58), Alkaras (68), Gvardiola (86), Unal (90).




